Линклар

Iroq kurdlarining “Peshmerga” ko‘ngillilar otryadi AQSh rahbarligidagi aksilterror koalitsiyasi aviatsiyasi ko‘magida “Islomiy davlat” egallab turgan Mosul shahridan sharqda bo‘lgan hududlarni janggarilardan tozalash amaliyotini boshladi.

Kurdiston hududiy xavfsizlik kengashining yakshanba kuni tarqatgan bayonotida aytilishicha, amaliyotda 5500 jangchi ishtirok etadi. Ularning asosiy vazifasi Mosul shahridan sharqda joylashgan Hazir shahri yaqinidagi bir nechta qishloqni “Islomiy davlat” bosqinidan ozod qilishdir.

Kengashning bildirishicha, bu amaliyot Iroqning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Mosulni ozod qilish yo‘lidagi tayyorgarlikdir. Kengash 29 may kuni olti soat davom etgan janglardan so‘ng Mufti qishlog‘i ozod qilinganini ma’lum qildi.

Ayni paytda Iroq maxsus kuchlari yakshanba kuni Falluja shahrini to‘la qamal qilgani to‘g‘risida xabar tarqatildi.

XS
SM
MD
LG