Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:41

Pokiston Tolibon rahbari halok bo‘lganini rasman tasdiqladi


Pokiston ichki ishlar vazirligi 29 may kuni DNK tekshiruvi afg‘on toliblari lideri Mulla Axtar Mansur haqiqatan ham AQSh uchog‘i bergan havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqlaganini ma’lum qildi.

AQSh prezidenti Barak Obama hamda Afg‘oniston hukumati 21 may kuni Amerikaning uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘i Pokistonning Kvetta shahri yaqiniga bergan havo hujumida Axtar Mansur halok bo‘lganini bildirgan edi.

Ammio Pokiston DNK tekshiruvi o‘tkazilmagunicha, Mansurning o‘limini tasdiqlashdan bosh tortgan.

Axtar Mansur halok bo‘lganidan so‘ng afg‘on toliblari mulla Haybatulloh Oxunzodani harakat rahbarligiga saylagan. Lekin toliblarning ayrim guruhlari Oxunzodaning liderlikka saylanishiga norozilik bildirib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG