Линклар

Bolgariya Gretsiyadan yuk tashuvchi poezdda mamlakat hududiga kirib kelgan o‘nlab afg‘onistonlik qochqinni yana Afinaga qaytardi.

Bolgariyadan deportatsiya qilingan 56 afg‘on 29 may kuni Gretsiyaga yetib keldi. Bolgariya birinchi marta qochqinlarni Gretsiyaga qaytarmoqda.

Bolgariyada 28 may kuni qo‘lga olingan iroqlik va suriyaliklardan iborat 40 kishilik guruh ham bir necha kundan so‘ng Gretsiyaga qaytarilishi kutilmoqda.

Qochqinlar uchun Yevropa g‘arbiga o‘tish yo‘li bo‘lgan Makedoniya va Gretsiya chegaralari yopilganidan so‘ng, qochqinlar Bolgariya orqali G‘arbiy Yevropaga o‘tishga urinmoqda. Bu esa Bolgariya hukumatini tashvishga solayotir. Bolgariya va Gretsiya chegarasi 500 kilometrni tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG