Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:40

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari uchun chet eldan o‘quv va ilmiy adabiyotlar sotib olinadi


Vazirlar Mahkamasining 2016 yil, 24 maydagi qarori bilan mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlari uchun 5864 nomdagi o‘quv va ilmiy adabiyotni istisno tariqasida tender o‘tkazmasdan chet eldan sotib olish ma’qullandi.

Bu haqdagi xabarda aytilishicha, sotib olinadigan adabiyotlarni, jumladan elektron shakldagi adabiyotlarni qabul qilish, saqlash va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida bepul taqsimlash Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga yuklatilgan.

2020 yilning 1 yanvarigacha sotib olinadigan adabiyotlar uchun bojxona yig‘imlari olinishi, lekin ular bojxona to‘lovlaridan ozod qilinishi xabar qilindi

XS
SM
MD
LG