Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:13

MXX Qozog‘iston bilan chegaraning yopilgani haqdagi xabarlarni rad etdi


O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi Aqjo‘l-Qoplonbek o‘tkazish punkti.
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi Aqjo‘l-Qoplonbek o‘tkazish punkti.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi Qozog‘iston bilan davlat chegarasidagi o‘tkazish punktini O‘zbekiston tomoni yopib qo‘ygani to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi.

Sputnik saytining tilga olingan Qo‘mita rasmiysiga tayanib xabar qilishicha, “keyingi paytlarda Internetda Qozog‘iston bilan davlat chegarsidagi o‘tkazish punktining O‘zbekiston yopib qo‘ygani to‘g‘risida faktlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda”.

“Xususan, materiallardan birida 21 may kuni go‘yoki “Yallama” punktida bojxona nazorati vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgani munosabati bilan yuk avtomashinalarini o‘tkazish amalga oshirilmagani to‘g‘risida aytilgan. Shu bilan birga “Yallama” o‘tkazish punkti o‘sha kuni va shu kungacha odatiy rejimda ishlamoqda va tilga olingan muddatda mazkur punkt orqali 196 ta transport vositasi, shu jumladan 100 tasi O‘zbekistonga va 96 tasi O‘zbekistondan o‘tkazilgan”, - deb bayonot bergan Qo‘mita matbuot xizmati.

Ayni paytda Milliy xavfsizlik xizmati ma’lumotlarga ko‘ra, 20 – 22 may kunlari yuk avtomashinalarini o‘tkazish Qozog‘iston tomonidan texnik sabablarga 3 marta to‘xtatilgan va bu holatlarning chegaraning yopilishiga aloqasi yo‘q.

“Ehtimol, bunday publikatsiyalar uchinchi kuchlar tomonidan O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarga raxna solish uchun qilinayotgandir. Umid qilamizki, Qozog‘iston tomoni kelgusida O‘zbekiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘radi”, - degan O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi.

Ozodlikning shu mavzuga oid 25 maydagi xabari Qozog‘iston rasmiylari bayonotiga tayanilgan holda berilgan edi. Mana o‘sha xabar:

Qozog‘iston Moliya vazirligiga qarashli Davlat kirimlari qo‘mitasiga ko‘ra¸. O‘zbekiston tomoni o‘zaro chegaradagi o‘tkazish punktlarini rasmiy ogohlantiruvsiz ëpib qo‘ygan.

O‘zbekiston chegaraning ëpilishiga 21 maydan boshlab “Yallama” o‘tkazish punktida transport vositalari va bojxona tekshiruvining to‘xtatilishi oqibatida yuzaga kelgan mashinalar tiqinini sabab qilib keltirgan.

Qozoq tomoni tarqatgan ma’lumotga ko‘ra¸ 21 may kuni Toshkent viloyatidagi “Yallama” punkida 120 ta avtomobil tiqinga tushib qolgan va hozirga qadar ulardan 40 tachasi tiqinda qolmoqda. Bu mashinalardan 30 tasi Qozog‘istonga o‘tish uchun chegara ochilishini kutmoqda¸ deyiladi¸ Qozog‘iston rasmiy baënotida.

Tiqin paydo bo‘lishiga¸ qozog‘istonliklar ta’kidicha¸ o‘zbek bojxonachilarining chegaradan o‘tayotgan har bir shaxs¸ tovar va avtomobilni nihoyatda uzoq vaqt davomida tekshirishi sabab bo‘lgan.

Ayni paytda¸ 21 maydan boshlab O‘zbekiston tomoni hech qanday rasmiy izoh va ogohlantiruvsiz “Qaziqurt” postini ham bir tomonlama tartibda ëpib qo‘ygan

Norasmiy manbalar¸ O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegaradagi kirib-chiqishni yopishi kelasi oy Toshkentda o‘tkaziladigan ShHT sammiti oldidan xavfsizlik choralarining keskin kuchaytirilishi doirasidagi harakat ekanini ta’kidlamoqda.

XS
SM
MD
LG