Линклар

Bugun Mars planetasi so‘nggi 11 yil ichida birinchi marta Yerga maksimal yaqin masofada bo‘ladi.

Qadimgi munajjimlar urush va xunrezliklar sababchisi deb hisoblagan Mirrix sayyorasi bilan Yer o‘rtasidagi masofa bugun kechqurun Yerdan eng qisqa - 75 million kilometr bo‘ladi. “Qizil sayyora”, deb sifatlanuvchi Mars-Mirrixning Yerga avvalgi yaqinlashuvlari ortidan erliklarning bu sayyorada hayot izlashiga olib kelgan edi.

Mars-Mirrixning Yerga yaqinlashuvi Grinvich vaqti bo‘yicha 21 dan 35 daqiqa o‘tganda yuz beradi.

Lekin Yer bilan Mars-Mirrix orasidagi masofaning maksimal qisqarishi Qizil planetani Oyni ko‘rganday ko‘rish mumkin degani emas. Qiyoslash uchun: Yer bilan Oy orasidagi masofa 384 ming kilometr, xolos.

AQShning “Curiosity” marsyurari 2012 yilning avgustida Qizil sayyoraga qo‘ndirilgan. Apparatning Marsga qo‘nganini tasdiqlovchi signal 6 avgust kuni Grinvich vaqti bilan 6.30da olingan.

XS
SM
MD
LG