Линклар

Suriyaning isyonchilar tomonidan nazorat qilinayotgan Idlib shahriga berilgan havo zarbalari natijasida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odam yaralandi, deya ma’lum qildi Suriya inson huquqlari observatoriyasi seshanba kuni.

Tashkilot xabarnomasida shaharning kasalxona joylashgan mavze doxil bir necha joyi kamida yetti marta havodan nishonga olingani aytiladi.

Suriya inson huquqlari observatoriyasi mazkur zarbalar Rossiya uchoqlari tomonidan berilganini taxmin qiladi.

Mahalliy muvofiqlashtiruvchi qo‘mitalar vakillari kasalxonaga berilgan zarba natijasida o‘nga yaqin odam o‘lganini aytmoqdalar. Shaharning boshqa joylarida o‘lganlar soniga esa ular aniqlik kiritmaganlar.

O‘tgan chorshanba Rossiya Suriya rejimini dastaklash maqsadida amalga oshirilayotgan havo zarbalarini to‘xtatishihaqida e’lon qilgan. Moskva bu tanaffus bilan sulh shartnomasida ishtirok etayotgan isyonchilarga Al-Qoidaning Suriyadagi qanoti bo‘lmish Jabhatan-Nusra bilan aloqalarni uzish imkonini berishni istaganini bildirgan. Ayni paytda Rossiya rasmiylari bu tanaffus qancha davom etishiga aniqlik kiritmaganlar.

XS
SM
MD
LG