Линклар

logo-print

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyani taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasini qurol-aslaha bilan ta’minlayotganlikda ayblab chiqdi. Davlat nashrlari uning “Moskva kurdlarga qurolni Iroq va Suriya orqali yetkazib berayotgani”ga oid so‘zlarini iqtibos keltirgan.

Erdo‘g‘onning bu bayonotiga javoban Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov: “Agar kimdir nimadir deyotgan bo‘lsa, marhamat qilib, isbotini keltirsin”, dedi.

Erdo‘g‘on avval ham Moskvani Suriyadagi kurdlarni dastaklayotgani uchun tanqid qilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yil noyabrida Turkiya harbiy-havo kuchlari Rossiya harbiy samolyotini urib tushirganidan so‘ng keskin yomonlashib ketgan edi. Bu hodisadan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan va shundan so‘ng ikki tomonlama savdo-sotiq hajmi keskin kamayib ketgandi.

XS
SM
MD
LG