Линклар

logo-print

AQShning Toshkentdagi elchixonasi shu kunlarda o‘zbekistonlik taniqli jurnalist va huquq faoli Solijon Abdurahmonovning 66 yoshga to‘lganini nishonlash niyatida. Bu haqda elchixonaning Feysbuk tarmog‘idagi sahifasida xabar qilinadi.

Solijon Abdurahmonov Inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi a’zosidir. U qator ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Ozodlik” va “Amerika ovozi” radiolari, Uznews.net, Urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR) nashrlari bilan hamkorlik qilgan. Huquq faollariga ko‘ra, Abdurahmonov 2008 yil iyunida uydirma ayblovlar bilan hibsga olinib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

2009 yili Xalqaro Amnistiya tashkiloti Solijon Abdurahmonovni “vijdon tutquni” deya e’tirof etgan. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar esa Abdurahmonovning qamalishiga uning jurnalistik va huquq himoyachilik faoliyati sabab bo‘lganini aytib, O‘zbekiston hukumatidan uni ozod qilishni talab qilib keladi

XS
SM
MD
LG