Линклар

logo-print

Afg‘onistonning Hilmand viloyatida Tolibon harakati bilan bo‘lib o‘tgan ayovsiz janglarda 29-30 may kunlari 50 dan ziyod politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Hilmand viloyat politsiyasi mas’uli Ismatulloh Davlatzay ma’lum qildi.

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, mazkur janglarda xavfsizlik kuchlarining 50 dan ziyod xodimi yaralangan.

Hilmand o‘tgan bir yil mobaynida Kobuldagi hukumatni ag‘darish niyatida bo‘lgan Tolibon harakati faol kurash olib borayotgan viloyatlardan biriga aylangan.

XS
SM
MD
LG