Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:10

Yevrokomissiya rahbari Rossiyadagi tadbirda ishtirok etmoqchi


Yevrokomissiya prezidenti Jan-Klod Yunker shu yil 16 iyunida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilajak Xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etishga rozi bo‘ldi. Moskva bu qarorni olqish bilan kutib oldi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Jan-Klod Yunker prezident Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazishini bildirdi. Shu bilan birga Peskov Rossiya rasmiylari bu tashrifdan so‘ng Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda iliqlik paydo bo‘lishiga u qadar umidvorlik bilan boqmayotganini ham qo‘shimcha qildi.

Yunker Qrim anneksiyasi va Donbassdagi ayirmachilarni dastaklash ortidan 2014 yil martida Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar joriy etilganidan buyon Yevropa Ittifoqining bu mamlakatga kelgan ilk rasmiysi bo‘ladi. Ekspertlar fikricha, Yevrokomissiya rahbari Sankt-Peterburgga Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiyaga nisbatan sanktsiyalarni uzaytirish masalasini hal qilishidan sal avvalroq boradi, bu esa Putinning pozitsiyasini mustahkamlashi mumkin.

Jan-Klod Yunker Moskva bilan “amaliy aloqalar”ga chaqirib keladi va buning uchun Yevropa Ittifoqining sanksiyani saqlab qolish tarafdori bo‘lgan boshqa rasmiylari tomonidan tanqidga uchrab keladi. Yevrokomissiya matbuot kotibi o‘z tashkiloti Rossiyaga yondoshuv bo‘yicha yevroblokning 28 mamlakati tomonidan ma’qullangan asosiy tamoyillarni “to‘laligicha qo‘llab-quvvatlashi”ni ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG