Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:46

O‘zbek avtomobilsozlari Rossiyaga avto yetkazishdagi muammolardan shikoyat qilmoqda


O‘zbekistonlik avtomobilsozlar Rossiyaga Ravon avtomashinalari yetkazish bo‘yicha yana muammolarga duch kelayotganlarini aytmoqdalar. Rossiya nashrlarining yozishicha, bu gal Ravon R2 avtomobillarini yetkazib berish bojxonalarda uzoq cho‘zilayotgan rasmiylashtirish ishlari tufayli kechikmoqda.

Aytilishicha, hozirgacha Rossiyadagi avtosalonlarga bironta ham Ravon R2 avtomobili yetib kelmagan.

May oyi o‘rtalarida Ravon shirkati vakilasi Yelena Kuznetsova Rossiyaga avtomobil yetkazib berishda muammolar paydo bo‘lganini bildirgan hamda buni temir yo‘l transporti haqlarining oshganiyu olib kelinayotgan avtomobillarning hammasi sotib olinmagani tufayli bojxonada muammolar yuzaga kelgani bilan izohlagan.

Rossiyada Ravon R2 avtomobillari joriy yilning 10 aprelidan rasman sotila boshlashi lozim edi. Bu paytgacha avtomashina pulini oldindan to‘lab qo‘ygan anchagina rossiyalik xaridor ikki oydan buyon uloviga ega bo‘lolmay xayron.

O‘zbek avtomobilsozlari tez orada bojxonadagi muammolar hal bo‘lib, avtomashinalar egalariga yetib borishiga umid qilmoqdalar.

XS
SM
MD
LG