Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:23

Qamchiq yer osti temir yo‘lidan birinchi poezd o‘tdi


Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘laydigan Qamchiq dovonidagi tunelda temir yo‘l yotqizish ishlari yakunlandi.

Dushanba kuni mazkur tuneldan sinov tariqasida birinchi poezd sostavi o‘tdi.

Qamchiq dovonidan o‘tuvchi ushbu 20 kilometrlik yer osti temir yo‘li Xitoyoning China Railway Tunnel Group shirkati ko‘magida barpo etilmoqda.

Mazkur loyihaga 2 milliard dollar miqdorida mablag‘ sarflandi.

Xarajatlar xalqaro jamg‘armalar va O‘zbekiston hisobidan moliyalandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati 2010 yil 1 yanvaridan boshlab tijorat yuklarini Farg‘ona vodiysiga tashishda Tojikiston orqali o‘tadigan temir yo‘l xizmatidan voz kechish haqida qaror qabul qilgan edi.

XS
SM
MD
LG