Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:32

Chagaev – Braun janggi bo‘lmagan deb e’lon qilindi


WBA tasnifida eng og‘ir vazn toifasida jahon chempionligi kamari uchun o‘zbekistonlik Ruslan Chagaev va avstraliyalik Lukas Braun o‘rtasida Grozniy shahrida o‘tkazilgan jang bo‘lmagan, deb e’lon qilindi.

Bu haqda WBA prezidenti Gilberto Mendosa ma’lum qildi.

Bunday qaror olinishiga Braun qonida dopping topilishi sabab bo‘lgan.

U olti oyga boks musoboqalaridan ham chetlatildi.

Checheniston poytaxti Grozniyda o‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan jangda Lukas Braun Ruslan Chagaevni nokaut bilan yenggan edi.

XS
SM
MD
LG