Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:31

Sobiq bokschi nogiron oyog‘ini davolatish uchun moddiy yordamga muhtoj


Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 38 yashar Farhod Imomnazarov 9 yil avval jarrohlik amaliyotidan so‘ng nogironga aylangan. Sobiq bokschi yigit oyoqqa turishi uchun moddiy ko‘makka muhtojligini aytadi. Farhodning aytishicha, hindistonlik shifokorlar 30 ming dollarlik tibbiy muolaja natijasida uning yurib ketishi mumkinligini aytishgan.

Bir paytlari to‘rt muchasi sog‘ bo‘lgan Farhod Imomnazarovga 2006 yilda orqa miya shamollashi tashxisi qo‘yilgan.

Bokschi yigit 2007 yilda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng nogironga aylanganini aytadi:

- Menga orqa miyaga suv yig‘ilgan, shuni olib tashlasak, hammasi joyida bo‘ladi deyishdi. Keyin men operatsiyaga rozilik berganman. Operatsiyaga yurib borganman oyog‘im bilan. Operatsiyadan keyin oyog‘im umuman ishlamay qolgan, -deydi Farhod.

Uning aytishicha, uni operatsiya qilgan shifokor keyinchalik xorijga ketgani uchun uning shikoyatini eshitadigan odam topilmagan.

To‘qqiz yil davomida turli davlatlarga borib, shifokorlar bilan uchrashgan Farhodning aytishicha, hindistonlik shifokorlar uning oyoqqa turib ketishiga umid borligini aytishgan:

- 4 may kuni Hindistonga bordim. Hindistonlik doktor nerv hujayralari uxlab qolgan. Ularni jonlantirish uchun 6 oylik muolaja qilish kerak deyishdi.. 6 oyga 30 ming dollarga yaqin pul kerak ekan. Buni O‘zbekistonda qilish imkoni yo‘q. O‘zbekistonda tibbiy apparatlar yo‘q. O‘zbekiston menga yordam berayapti. Uy berishdi, bir xonali. Ko‘chada qoldirishgani yo‘q. Vaqti kelsa, dori-darmonlarimni olib berishadi. Lekin hozir chet elda davolatishga O‘zbekistonning imkoni yo‘q,- deydi Farhod Ozodlik bilan suhbatda.

Nogironga aylangan sobiq bokschi yigit Hindistonda davolanishi uchun sahovatpesha insonlardan moddiy yordam so‘raydi:

- Agar imkoniyatlaringiz bo‘lsa, qo‘ldan kelganicha, imkoniyat darajasida yordam qilsalaringiz! Mani qo‘limdan kelgani sizlarni duo qilish, yaqinlaringizning baxtiga sog‘ bo‘linglar! Sizlarni duo qilaman! Yaxshi bo‘lib ketsam, xizmatlaringizda bo‘lay! Og‘ir holatda qolganman hozir. Sizlarning yordamingizga muhtojman,- deydi Farhod Imomnazarov.

Фарҳод Имомназаров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:26 0:00
Бевосита линк

Farhod Imomnazarov Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Istiqlol ko‘chasi 102-uy, 2-xonadonda yashaydi.

Unga yordam qo‘lini cho‘zish niyatida bo‘lgan sahovatpesha insonlar +998941357979 telefon raqami orqali Farhod Imomnazarov (Farkhod Imomnazarov) bilan bog‘lanishlari mumkin.

Farhod Imomnazarovning bank rekvizitlar esa quyidagicha:

XS
SM
MD
LG