Линклар

AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Milliy toksikologiya dasturi mutaxassislari sichqonlarda tajriba o‘tkazib, radiochastotalar elektromagnit to‘lqinining inson salomatligiga zarari, jumladan uyali telefondan ko‘p foydalanish miya saratonini keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlaganlar.

Sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqot mobilь telefonidan har kuni 9 soatdan ko‘proq foydalanish miyada o‘smaning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin, degan xulosaga yetaklamoqda.

Olimlar sichqonlarni tug‘ilganidan ikki yil davomida radiochastotalar elektromagnit to‘lqini ta’sirida maxsus qafasda saqlagan.

Qafasda saqlangan sichqonlarning 2-3 foizi miyasida o‘smaning tez rivojlanishi aniqlangan.

Bundan avval Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham uyali telefonlardan me’yoridan ko‘p fodalanish miya saratonini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxasislari mobil telefonlarni taqiqlash imkonsiz ekanligini, biroq undan foydalanish madaniyatini shakllantirish samara berishi mumkinligini aytadilar.

O‘zbekistonda keyingi paytlarda o‘zbek yoshlari orasida mobil telefonlardan foylanish keng urfga aylanayapti.

Ayniqsa yosh bolalarning qo‘liga telefonni berib qo‘yadigan ota-onalar murg‘ak go‘dakning salomatligini unutib qo‘yishmoqda.

XS
SM
MD
LG