Линклар

logo-print

Moskvada 4 yashar qizi va onasini boqish uchun taksistlik qilayotgan buxorolik 33 yashar Dinoza Ozodlikka bog‘landi. Uning aytishicha, Rossiyadagi 15 yillik turmushidan so‘ng eri uni tark etgan va ayni paytda mashina haydab, tirikchilik qilishga majbur bo‘lmoqda.

Dilnozaning aytishicha, u aslida 10 yildan buyon haydovchilik qilgan, ammo faqat erini olib yurgan:

- Moskvada 15 yildan beri yashaymiz. Erim qurilishda brigadir. Ertalabdan-kechgacha unga haydovchilik qilardim. Mashina haydashni bir vaqtlar menga dadam o‘rgatgan edi. O‘tgan yili hujjatlarimni yangilash uchun O‘zbekistonga bordim. Qaytib kelsam, erim 17 yashar bir qizga ilakishib ketibdi. Qaytarishga harakat qildim, bo‘lmayapti. Oxiri taksiga chiqishga majbur bo‘ldim. Kuniga maksimum 1000 rubl pul topayapman. Hozircha faqat tanishlarimga taksichilik qilyapman. To‘liq taksiga o‘tish uchun hujjat qilishim kerak, ammo hozir imkoniyatim yetmayapti, - dedi Dilnoza.

Quyida bu ayol bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG