Линклар

30 may kuni 80 yoshida vafot etgan O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovni dafn qilish marosimi 31 may kuni peshinda bo‘lib o‘tdi.

Marosimda ishtirok etgan jurnalist Sharof Ubaydullaevning Ozodlikka xabar qilishicha, janoza namozi Toshkentdagi Forobiy (cobiq Chig‘atoy) qabristoni yonidagi Chig‘atoy masjidida o‘qilgan.

Marhum Forobiy qabristonida dafn etildi.

Erkin Vohidov Toshkent shahridagi hukumatga qarashli 1-sonli statsionarda 30 may kuni vafot etdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, shoir anchadan beri to‘shakka mixlangan holda yotgan va so‘nggi yarim yilda 3 marta insultni boshdan kechirgan.

Erkin Vohidov 1936 yilning 28 dekabrida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. Vohidovlar oilasi 1945 yilda Toshkentga ko‘chib kelgach, bo‘lg‘usi shoir poytaxt maktablaridan birida o‘qigan.

1960 yili oliygohni tugatgan E. Vohidov avval "Yosh gvardiya", so‘ng G‘afur G‘ulom nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlagan va "Yoshlik" jurnaliga ham rahbarlik qilgan.

E. Vohidovning ilk she’riy to‘plami 1961 yilda "Tong nafasi" nomi bilan bosilgan. Shoirning jami o‘ttizdan ziyod she’riy majmualari nashrdan chiqqan.

E. Vohidov dramaturgiya sohasida ham ijod qilgan. Uning "Ruhlar isyoni", "Istambul fojeasi" kabi dostonlari mushtariylarga yaxshi tanish. "Oltin devor" asari esa yillardan buyon sahnadan tushmay kelayapti.

Unga 1987 yili O‘zbekiston xalq shoiri, 1999 yili O‘zbekiston Qahramoni unvoni berilgan.

Shuningdek, Vohidov sobiq ittifoq payti (1983 yil)da Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, mustaqillik yillari (1997 yil)da esa "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sohibi bo‘lgan.

Dafn marosimida ishtirok etgan Sharof Ubaydullaevning aytishicha, 31 may kuni ertalab marhum shoirning Toshkent shahar, Olmazor tumani, Xuvaydo mahallasidagi xonadonida Bosh vazir Shavkat Mirziyoev, Prezident devoni rahbari Zelimxon Haydarov va boshqa rasmiylar hozir bo‘lgan.

Biroq ushbu xabar yozilayotgan daqiqalargacha (Toshkent vaqti bilan 31 may, soat 17.00) hukumat marhum O‘zbekiston Qahramoni oilasiga rasmiy ta’ziyanoma bildirgani ma’lum bo‘lmadi. Har holda rasmiy axborot agentligi - O‘zAda bu haqda xabar chiqmadi.

Adabiyotshunos olim Sanjar Siddiq Ozodlik bilan suhbatda shoir Erkin Vohidovni Abdulla Qahhor va Oybeklar bilan bir qatorga qo‘yar ekan, bunday dedi:

Shoir Muhammad Solihning fikricha, shoir Erkin Vohidovning o‘limi nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki o‘zbek xalqi uchun katta yo‘qotishdir:

Taniqli publitsist Sharof Ubaydullaevning fikricha, millat o‘z shoirini o‘z vaqtida munosib qadrlay olmadi:

XS
SM
MD
LG