Линклар

Bosh qarorgohi Avstraliyada joylashgan Walk Free Foundation xalqaro tashkilotining “Global qullik indeksi” (Global Slavery Index) deb nomlangan hisobotida O‘zbekiston 167 davlat orasida beshinchi o‘rinni egalladi.

Hisobotda aytilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 4 foizi qullik sharoitida yashashga majbur bo‘lmoqda.

31 may kuni e’lon qilingan hisobotda O‘zbekiston hukumati paxtazorlarda majburiy mehnatdan foydalanishi qayd etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston aholi jon boshiga bo‘lishtirilganida qullik eng ko‘p mavjud bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida Shimoliy Koreyadan keyingi ikkinchi o‘rinini egallagan. Tashkilot hisob –kitobi bo‘yicha O‘zbekistonda 1 million 230 ming zamonaviy qul mavjud.

Xalqaro tashkilot bugungi kunda butun dunyoda 45 million odam qullik sharoitida yashayotganini e’lon qilgan. Hisobotda O‘zbekistondan oldingi to‘rt o‘rin Hindiston, Xitoy, Pokiston va Bangladeshga berilgan.

XS
SM
MD
LG