Линклар

BMTning Qochinlar bo‘yicha Oliy komissarligi seshanba kuni so‘nggi bir hafta ichida O‘rta Yer dengizida kamida 880 qochqin suvga cho‘kib o‘lganini bildirdi.

Mazkur raqam qutqaruvchilar tomonidan hayoti saqlanib qolinib, Italiyaga olib kelingan qochqinlarning guvohliklariga tayangan holda aniqlangan.

Oliy komissarlik vakili Uilyam Spindlerning bildirishicha, 2016 yilning shu kunigacha O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga o‘tmoqchi bo‘lgan qochqinlarning ikki yarim mingdan ko‘prog‘i halok bo‘lgan. O‘tgan yilning shu davrida esa O‘rta Yer dengizida 1850 odam halok bo‘lgan edi.

Spindler kontrabandachilar dengizda suzishga mo‘ljallanmagan qayiq va kemalarda odamlarni Yevropaga olib o‘tishga harakat qilishi ortidan qurbonlar soni ko‘payib borayotganini aytdi.

Yevropaga kelayotgan qochqinlarning asosiy qismini Suriya, Iroq va Afg‘oniston fuqarolari tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG