Линклар

NATOning Yevropadagi a’zolari mudofaa harajatlari so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta ko‘paytiriladi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg 31 may kuni Financial Times gazetasiga bergan suhbati paytida bildirdi.

“Biz noaniqliklarga duch kelmoqdamiz, biz ko‘plab tahdidlarga duchor bo‘layotirmiz, bugungi kunda xavfsizlikka avvalgidan ko‘ra tahdidlar ko‘proq bo‘lmoqda”, deb aytgan Stoltenberg.

O‘tgan yili NATOning Yevropadagi ittifoqchilari mudofaa uchun 253 milliard dollar, AQSh esa 618 milliard dollar sarflagan. Bu esa ittifoqchilar yalpi ichki mahsulotining 1,43 foizini tashkil qiladi.

NATO rahbari suhbat chog‘ida 2016 yil harajatlari haqida aniq ma’lumotlarni bermagan.

XS
SM
MD
LG