Линклар

Roskomnadzor “Lurkomorye” Internet-ensiklopediyasining Islom to‘g‘risidagi maqolasini taqiqlangan materiallar ro‘yxatiga kiritdi va sayt rahbariyatiga mazkur maqolani olib tashlash to‘g‘risidagi xabarnoma yubordi. Bu haqda sayt asoschisi Dmitriy Xomak Feysbukdagi sahifasida xabar qildi.

Aytilishicha, maqolani taqiqlash to‘g‘risida Grozniy shahar, Lenin rayon sudi qaror chiqargan. Sud fikricha, maqolada musulmonlarning e’tiqodini tahqirlovchi unsurlar mavjud.

Roskomnadzor shu paytgacha “Lurkomorye” Internet-ensiklopediyasining 20 ga yaqin maqolasini taqiqlagan.

2007 yili ish boshlagan, 2015 yilning 22 iyunida mablag‘ yetishmasligi tufayli yangi maqolalarni qo‘shish to‘xtatib qo‘yilgan saytning serveri Amsterdamda joylashgan.

XS
SM
MD
LG