Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:00

Davlat departamenti amerikaliklarni Yevropada terror xavfi borligidan ogohlantirdi


AQSh o‘z vatandoshlarini Yevropada yoz oylarida, xususan, Fransiyada o‘tadigan futbol chempionati paytida terror hurujlari amalga oshirilishi ehtimolidan ogohlantirdi.

“Yevro-2016” o‘yinlari Parijda 10 iyun kuni boshlanadi. Bu musobaqalarda ikki million atrofida tomoshabin qatnashishi kutilmoqda.13 noyabrda Parijda amalga oshirilgan terroristik hujumlardan so‘ng Yevropa davlatlarida xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar saqlanib qolmoqda.

“Biz amerikaliklarning e’tiborini Yevropaning turistlar gavjum bo‘ladigan joylari, restoranlar, savdo markazlari, jamoat transportida potensial terror hurujlari xavfi mavjudligiga qaratamiz”, deyilgan Davlat departamentining seshanba kungi ogohlantiruvida.

XS
SM
MD
LG