Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘laydigan Qamchiq dovonidagi tunnelda temir yo‘l yotqizish ishlari yakunlandi va haftaning birinchi ish kunida yangi yo‘ldan birinchi poezd sostavi o‘tdi. Qiymati 2 milliard dollarli mazkur yo‘lni qurishni boshlashga sabab bo‘lgan omillardan biri qisman Toshkent-Dushanbe munosabatlarining yaxshi emasligi hamdir.
Siyosatshunos Muqimjon Qirg‘izboev bilan yo‘lning ahamiyatiyu Toshkent-Dushanbe munosabatlarining ahvolidan boshlangan suhbat shu kunlarning boshqa bir yangiligi bois, Tojikistonning siyosiy hayoti sharhiga o‘tib ketdi...