Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:35

BahsOnline: O‘zbekistonliklar zamonaviy qullarmi?


BahsOnlinening bu galgi eshittirishida Walk Free Foundation xalqaro tashkilotining “Global qullik indeksi” hisobotida zamonaviy qullar reytingi bo‘yicha o‘zbekistonliklar dunyoda ikkinchi o‘ringa qo‘yilgani munozara qilinadi. Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 2 iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayplari hamda IMO, WhatsApp, VIBER orqali bog‘laning.

Walk Free Foundation tashkiloti e’lon qilgan Global Slavery Index -2016 ro‘yxatida O‘zbekiston qullikka solingan fuqarolar soni eng ko‘p bo‘lgan Shimoliy Koreyadan keyingi ikkinchi mamlakat, deb qayd etildi.

Avstraliyada joylashgan tashkilot hisobicha, O‘zbekistonda 1 million 230 ming odam quldir. Hisobotda mehnatga majburlangan har qanday shaxs - qul, deb e’tirof etilgan.

Tashkilot bunday qullikni “zamonaviy qullik” deb e’tirof etgan.

Paxta terimiga jalb qilingan odamni qul deb hisoblash to‘g‘rimi?

O‘zbekiston hukumati buni “hashar” deb ataydi.

Ko‘cha-ko‘yni tozalash, daraxt o‘tqazish, bo‘yash, oqlash ishlariga o‘qituvchiyu shifokorlarni majburlab chiqarish quldorlik ko‘rinishimi?

O‘zbekiston hukumati buni “obodonlashtirish” deb ataydi.

Mamlakatda ish topolmay xorij davlatlariga ish izlab ketib qullikka tushganlarchi?

O‘zbekiston prezidenti ularni “dangasalar” deb atagan.

Ana shu savollar bahs qilanadi navbatdagi munozarada.

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 2 iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Siz shuningdek jonli eshittirishga:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713, bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, sadriddin61@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG