Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:44

Somali politsiyasi: Poytaxtdagi portlashlarda kamida 15 kishi nobud bo‘ldi


Somali poytaxtida xudkush shaxs ichiga bomba o‘rnatilgan avtomobil bilan mashhur mehmonxona darvozasiga urilib, portlashi va buning ortidan sodir bo‘lgan otishma chog‘idakamida 15 kishi nobud bo‘ldi, 20 chog‘li kishi yaralandi. Bu haqda Somali politsiyasi ma’lumot tarqatdi.

Politsiyachilarga ko‘ra, 1 iyun kuni Mogadisho mehmonxonasiga uyushtirilgan hujum chog‘ida o‘lganlar orasida ikki mahalliy deputat ham bo‘lgan.

Hujum uchun mas’uliyatni Al-Qoidaga aloqador Ash-Shabob ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Mazkur guruh 2011 yili Afrika tinchlikparvar kuchlari tomonidan Somalidan siqib chiqarilgan, biroq haligacha u mamlakat uchun ulkan tahdidligicha qolmoqda.

Fevral oyida Ash-Shabob uyushtirgan bombali hujumda kamida 9 kishi halok bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG