Линклар

1 iyun kuni O‘zbekistonning Andijon shahrida Bolalar viloyat qo‘g‘irchoq teatri yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar qiladi.

“Andijon shahri markazida bunyod etilgan muhtasham, barcha qulayliklarga ega teatr binosi 300 o‘rinli bo‘lib, kelgusida bu inshoot nafaqat teatr tomoshalari uchun, balki bolalar uchun tasviriy va amaliy san’at, raqs san’ati va kompyuter savodxonligini o‘rgatish maqsadida ham foydalanilishi rejalashtirilgan”, deyiladi nashr xabarida.

XS
SM
MD
LG