Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:09

O‘rtayer dengizida qulagan EgyptAir uchog‘ining signallari tutildi


Ekspertlar o‘tgan oy O‘rtayer dengiziga qulagan EgyptAir aviashirkati uchog‘i “qora quti”sidan kelayotgan signallarni tutishga muvaffaq bo‘lganlar.

Fransiyaning BEA agentligi xabariga ko‘ra, signal fransuz harbiy kemasi tomonidan tutilgan. Qora qutilarni maxsus suvosti roboti yordamida dengiz tubidan chiqarib olishga kamida bir hafta ketishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

“Qora quti”larda uchoq 19 may kuni radarlardan nima sababdan g‘oyib bo‘lganini oydinlashtiruvchi ma’lumot bo‘lishi mumkin.

Parijdan Qohiraga uchish chog‘i qulagan Airbus A320 uchog‘i bortida 66 kishi bo‘lgan. Uchoq parchalari Misrning Aleksandriya bandargohi qirg‘og‘idan taqriban 290 kilometr narida – dengizdan topilgandi.

XS
SM
MD
LG