Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:26

Suriyada AQSh uchoqlari dastagida “Islomiy davlat” guruhiga qarshi yangi jabha ochildi


AQSh tomonidan dastaklanayotgan arab va kurd guruhlari Suriya shimolida “Islomiy davlat” guruhiga qarshi yangi jabha ochdilar. Aytilishicha, Suriya demokratik kuchlari odam va yuk tashiladigan muhim yo‘llarni yopib qo‘yish uchun Suriya-Turkiya chegarasi yaqinida joylashgan va shu kunda “Islomiy davlat” nazorati ostida bo‘lgan Manbij shahri tomon yo‘nalganlar. Ular “Islomiy davlat” jangarilarini bu shahar va IDning Suriyadagi markazi bo‘lmish Raqqa shahridan siqib chiqarishni maqsad qilganlar.

Suriya inson huquqlari observatoriya ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘ngillilar Manbijdan 15 kilometr narida bo‘lgan 16 qishloq ustidan nazorat o‘rnatganlar. Tashkilotning xabar qilishicha, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya bergan havo zarbalari natijasida bu mintaqada 15 nafar tinch aholi vakili nobud bo‘lgan.

AQSh hukumatidagi anonim manbalar Manbij ishg‘oli uchun minglab jangchi safarbar etilganini bildirganlar. Shahar ishg‘oli bir necha hafta davom etishi mumkinligi taxmin etilmoqda.

XS
SM
MD
LG