Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:06

Rossiyada millionlab dollar mablag‘ o‘g‘irlagan xakerlar guruhi qo‘lga olindi


Rossiya rasmiylariga ko‘ra, mamlakat banklari va moliyaviy institutlari hisobidan 1 milliard 700 million rubl (25 million dollardan ko‘proq) o‘g‘irlaganlikda gumonlangan 50 xakerdan iborat guruh qo‘lga olingan.

Bu Rossiyada xakerlarga qarshi shu paytgacha amalga oshirilgan amaliyotlarning eng ko‘lamlisi ekani aytilmoqda.

“Gumonlanuvchilar tergov doirasida o‘tkazilgan umummilliy reyd chog‘ida ushlandi”, deyiladi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining 1 iyun kuni tarqatilgan xabarnomasida.

Tintuvlar chog‘ida ko‘plab kompyuterlar, aloqa vositalari, soxta bank kartalari va anchagina naqd pul musodara etganlar.

FXX mazkur amaliyotni IIV va yangi tashkil etilmish Milliy gvardiya bo‘linmalari ko‘magida amalga oshirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xakerlar kiberhujumlar uyushtirish maqsadida virus yuqtirilgan kompyuterlar tarmog‘ini yaratish uchun zararli dasturlardan foydalanganlar.

Hodisa yuzasidan Rossiya Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti mamlakat Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

XS
SM
MD
LG