Линклар

logo-print

1 iyun kuni o‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun Davra deb nomlangan yangi tarmoq ishga tushirildi.

UZINFOCOM markazi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tarmoq loyihasini amalga oshirishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vazirligi yaqindan yordam bergan.

Loyiha taqdimot marosimida aytilishicha¸ mahalliy tarmoqning o‘zbkistonliklar uchun afzalligi uning Tas-IX zonasida joylashgani bois¸ foydalanishning bepulligidir.

Muomala tili o‘zbek va rus tillarida bo‘lgan Davra tarmog‘i ishga tushirilganidan 24 soat o‘tib¸ unda qariyb 3000 ga yaqin foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Ham kompyuter¸ ham mobil telefonlar uchun moslashgan Davra.uz foydalanuvchilari¸ uning mualliflariga ko‘ra¸ o‘z qiziqishlariga ko‘ra guruhlar tuzish imkoniga ega.

O‘zbekiston yillardan beri yoshlar orasida ommalashgan xalqaro ijtimoiy tarmoqlarning mahalliy muqobilini yaratishga urinib kelmoqda.

2011 yil 19 avgustda O‘zbekistonda Facebook va Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlariga muqobil deb taqdim etilgan Muloqot.uz tarmog‘i ishga tushirilgan edi.

Hozirgacha uz domenidagi bu tarmoq o‘zbekistonlik yoshlar orasida ommalashgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG