Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:40

O‘zbekistonlik talaba qiz “Jahon durdonasi-2016” go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi


Qozonda bo‘lib o‘tgan “Jahon durdonasi-2016” (“Jemchujina mira-2016”) deb nomlangan go‘zallik tanlovida Qozon federal universitetida xalqaro munosabatlar yo‘nalishida o‘qiyotgan Sabina Musaeva g‘olib deb topildi.

O‘ttizdan oshiq davlat namoyandalari orasida “durdona” deb topilgan Sabina Musaeva asli o‘zbekistonlik¸ rus va o‘zbek millatiga mansub.

Toshkent Davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litseyni bitirgan Sabina¸ Qozon universitetida o‘qish barobarida ijod bilan ham shug‘ullanadi¸ xususan¸ raqs guruhining a’zosidir.

Tashqi go‘zallik barobarida turli iste’dodlar tanlovi ekani aytilayotgan “Jahon durdonasi-2016” tanlovida Sabina Musaeva O‘zbekiston vakilasi sifatida ishtirok etgan.

Sabina Musaevaga qadar yana bir o‘zbekistonlik Irina Sharipova

"Tatariston - 2010" go‘zallik tanlovi g‘olibi¸ so‘ngra Rossiya go‘zallari tanlovida ham ikkinchi o‘rinni olgan edi.

XS
SM
MD
LG