Линклар

Germaniya parlamentining quyi palatasi armanilarning 1-jahon urushi davrida Usmonli imperiyasi tomonidan qirg‘in qilinishini genotsid deb tan oluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

2 iyun kuni qabul qilingan besh sahifalik ramziy hujjatda 1915-1916 yillarda 1¸5 millionga yaqin armani va boshqa nasroniylarning qirib tashlanishini genotsid sifatida xotirlash lozimligi aytiladi.

Bundestag qarorining YeI va Turkiya o‘rtasida muhojirlar yuzasidan yomonlashgan munosabatlarni yanada sovuqlashtirishi va migrantlar inqirozi yuzasidan erishilgan kelishuv ijrosini savol ostida qoldirishi kutilmoqda.

Bu qaror ovozga qo‘yilishi arafasida Turkiya prezidenti Rajap Toyyip Erdo‘g‘on rezolyutsiya qabul qilingan taqdirda uning Germaniya-Turkiya munosabatlariga jiddiy ziyon yetkazishidan ham ogohlantirgan edi.

XS
SM
MD
LG