Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:32

O‘zbekiston Rossiyaga o‘tgan yilgiga nisbatan 17 marta ko‘p meva-sabzavot sotmoqchi


O‘zbekistonga safar qilgan Rossiya Qishloq xo‘jalik vazirligi delegatsiyaning bildirishicha¸ joriy yili Toshkent hukumati Rossiyaga 800 ming tonnadan ko‘proq meva-sabzavot yetkazib berishga hozirligini bildirgan. Bu esa¸ 2015 yilga nisbatan 17 baravarga ko‘pdir.

Safar doirasida O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar¸ investitsiya va savdo vaziri Elër G‘aniev bilan uchrashgan Rossiya delegatsiyasiga¸ qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishga logistika infratuzilmalarining yaxshi rivojlanmagani¸ narxlar va bojxona tekshiruvlaridagi chigalliklar xalal beraëtgani aytilgan.

Bu muammolarni bartaraf etish maqsadida Toshkent-Moskva hukumatlari ishchi guruh tashkil etishga kelishib olgan.

O‘zbekistonga valyuta kirimini ko‘paytirish imkoni sifatida Rossiyaga meva-sabzavot eksportini o‘z ustivor vazifalaridan qilib belgilagan Toshkent hukumati 2016 yildan boshlab g‘allakor va mevachi fermerlarga ham poliz ekinlari va meva-sabzavot bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy qildi.

Ayni paytda¸ bu buyurtmani bajara olmaydigan fermerlarga nisbatan jazo choralari ham kuchaytirildi.

XS
SM
MD
LG