Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:47

Ra’no Obidova: Xitoyda tuhmat bilan qamalgan o‘g‘limni kim himoya qiladi?


Xitoy qamoqxonasidagi mahbuslar
Xitoy qamoqxonasidagi mahbuslar

Andijon viloyatidan Ozodlikka bog‘langan 50 yashar Ra’no Obidova o‘tgan yili Xitoyda hibsga olingan 29 yashar o‘g‘li Dovudbek Obidov uchun huquqiy himoya izlayotganini aytdi. Onaning da’vosicha, o‘tgan yili Xitoyga ketgan o‘g‘li hamyurt sherigi sodir etgan qotillikka aloqador sifatida 20 oydan buyon hibsda saqlanmoqda.

Ayol o‘g‘liga huquqiy himoya so‘rab, O‘zbekiston elchixonasi hamda huquq-tartibot idoralariga qilgan murojaatlari e’tiborsiz qolayotganidan shikoyat qildi:

- Jinoyatni sodir etgan E. ismli bola (bu shaxsning ism-familiyasi oshkor qilinmayotir - tahr.) aslida avval sudlangan, Turkiyada ham o‘zbekistonlik qizlarni rosa qiynagan. Menda videozapislari, Xitoyning Urumchisidagi andijonlik savdogar bolalarning pullarini aldab, olib qochganiga oid dalillar bor. Hozir Xitoyda shu bola qidiruvda ekani, o‘g‘lim jinoyatga guvoh sifatida ushlab turilgani haqida hujjat olib keldim, O‘zbekistonga. Lekin na sud, na Oliy sud, na Interpol, na Tashqi ishlar vaziriligi chora ko‘rmayapti. "Jinoyat Xitoyda sodir bo‘lgan", deyishyapti, xolos. Men o‘g‘lim hibsga olinganidan beri biror marta ko‘rmadim. Xitoyga to‘rt marta bordim, hozir esa borishga qurbim etmayapti. Menga kim yordam beradi, men nima qilay? - deya da’vo qildi Ra’no Obidova.

Quyida Obidova bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Раъно Обидова: Хитойда туҳмат билан қамалган ўғлимни ким ҳимоя қилади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:38 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka xorijda turli jinoyatlarda gumon qilinib yoki ayblanib, qamalgan o‘zbekistonliklarning yaqinlaridan shikoyatlar tez-tez kelib turadi.

Aksar hollarda, shikoyatlarda O‘zbekiston elchixonasi hamda O‘zbekistondagi tegishli huquq-tartibot idoralari xorijdagi fuqarolarning himoyasi bilan shug‘ullanmayotgani, odatan, ularning taqdiriga befarqlik bilan qarayotgani aytiladi.

Ozodlik Ra’no Obidova murojaati ortidan tegishli tashkilotlardan javob olish va bu borada qo‘shimcha tafsilotlarni aniqlashga urinadi. Yangiliklarni Ozodlikda kuzating!

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG