Линклар

Shveysariyadagi Henley & Partners konsalting shirkati tomonidan e’lon qilingan “Fuqarolik jozibadorligi indeksi”da O‘zbekiston 182 davlat ro‘yxatida 111-o‘rinni egalladi.

U yoki bu davlat fuqaroligi beradigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy haq-huquq va imtiyozlar tahlil qilingan mazkur reytingda birinchi o‘rinni beshinchi marta yana Germaniya egalladi.

Dunyoning eng jozibador fuqaroligi o‘nligiga Germaniyadan keyin Skandinaviya davlatlari¸ shuningdek¸ Fransiya¸ Shveysariya¸ Hollandiya va Belgiya kirdi.

Sobiq SSSR hududidagi eng jozibador fuqarolik Rossiyaniki, Markaziy Osiyoda esa¸ Qozog‘istonniki deb topildi – Rossiya fuqaroligi beradigan imtiyozlari bo‘yicha jahon miqyosida 60-o‘ringa¸ Qozog‘iston esa¸ 83-o‘ringa qo‘yildi.

Reytingdagi 111¸ 116 va 119-pog‘onaga qo‘yilgan O‘zbekiston¸ Tojikiston va Qirg‘iziston fuqaroligi¸ sifat va jozibadorlik bo‘yicha jahondagi “o‘rtacha” darajada baholandi.

Fuqarolik jozibadorligi bo‘yicha eng past davlatlar deb Afg‘oniston va Kongo respublikasi topildi.

XS
SM
MD
LG