Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:49

Tojikistonda taqiqlangan islomiy partiya rahbarlari qamoqqa hukm qilindi


Dushanba shahar mahkamasi bugun faoliyati taqiqlangan Islom uyg‘onish partiyasi rahbarlari Saidumar Husayniy va Muhammad Hayitni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Partiyaning yana 11 a’zosiga 14 yildan 28 yilgacha qamoq jazosi berildi.

Islom uyg‘onish partiyasi advokati va mahkamaga tortilgan yagona ayol Zurafo Rahmoniy esa¸ ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Partiya rahbar va faollari sobiq Mudofaa vaziri Abduhalim Nazarzoda bilan til biriktirib¸ davlat to‘ntarishi qilishni rejalaganlikda ayblandi.

Politsiya uchastkasiga hujum qilib¸ 26 odam hayotiga zomin bo‘lgani aytilgan Nazarzoda hukumat qo‘shinlari o‘tkazgan harbiy amaliyot paytida o‘ldirilgan edi.

Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasining muhojiratdagi yetakchisi Muhiddin Kabiriy hukumat qo‘ygan ayblarning barchasini inkor qilmoqda.

XS
SM
MD
LG