Линклар

logo-print

Moskvada xorij diplomatlari o‘rtasida 1 iyun kuni o‘tkazilgan golf bo‘yicha hayriya turnirida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov eng yaxshi o‘yinchi, deb topildi. Bu haqda 2 iyun kuni “Interfaks” agentligi xabar tarqatdi.

Bolalarni himoya qilish Xalqaro kuni munosabati bilan o‘tkazilgan turnirda Avstraliya, Vyetnam, Malayziya, Kot-D-Ivuar, Laos elchilari ishtirok etgan.

Moskvada elchilar o‘rtasida golf bo‘yicha hayriya turniri 1996 yildan beri o‘tkazib kelinadi. 20 yil davomida hayriya turnirida 80 million rubl miqdorida mablag‘ to‘plangan. Bu mablag‘lar yordamga muhtoj bolalarga adresli ravishda bo‘lishtirib berilgan.

“Eng yaxshi golf o‘yinchisi”, deb topilgan Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi lavozimiga 2016 yilning 24 fevralida tayinlangan edi.

XS
SM
MD
LG