Линклар

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay Tolibon rahbari Mulla Axtar Mansurning AQSh uchog‘i bergan zarba oqibatida o‘ldirilishi mazkur guruh bilan olib boriladigan tinchlik muzokaralari kelajagiga bolta urdi, deb hisoblaydi.

Payshanba kuni Ozod Yevropa-Ozodlik radiosiga suhbat bergan Hamid Karzay xalqaro hamjamiyat Afg‘onistondagi urushni “o‘zgalarning muammosi”, deb baholamasligi kerakligini aytar ekan, Rossiya, Eron va Hindistonni afg‘on muammosini hal etishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

21 may kuni Amerikaning uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘i Pokistonning Kvetta shahri yaqiniga bergan havo hujumida Axtar Mansur halok bo‘lgani bildirilgan edi. Hamid Karzay Tolibon bilan tinchlik bitimiga erishish uchun bu kabi harakatlardan tiyilish zarurligini ta’kidladi.

Afg‘oniston sobiq prezidenti AQSh tomonidan sodir etilayotgan havo hujumlarida ko‘plab tinch fuqaro halok bo‘lganini ham aytib o‘tdi.

XS
SM
MD
LG