Линклар

AQSh va Kanadadagi Amerika kointoni o‘rganish agentligi - NASA tadqiqotchilari sun’iy yo‘ldosh yordamida zamonaviy uslublarni qo‘llash orqali atmosferani ifloslantirayotgan 39 yangi manbani aniqladi.

Havoga zararli moddalarni tarqatayotgan sanoatlar orasida ko‘mir bilan ishlovchi elektr stansiyalar, metallurgiya kombinatlari, Yaqin Sharq, Meksika va Rossiyadagi neft gaz konlari bor. Bu ma’lumot 2005 yildan 2014 yilgacha NASA tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga tayangan holda e’lon qilindi.

Bundan tashqari tadqiqotchilar zararli oltingurgut dioksidining tabiiy manbasi bo‘lmish 75 o‘choqni aniqlagan. Bular uxlayotgan vulqonlar bo‘lib, ular havoga zaharli gazlarni chiqarib turadi.

XS
SM
MD
LG