Линклар

O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligi vakolatxonasi ochiladi. Bu haqda payshanba kuni podrobno.uz nashri Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tayangan holda xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, mazkur tuzilmani tashkil etish bo‘yicha davlatlararo shartnoma Toshkentda 20 iyul kuni O‘zbekiston va Fransiya savdo-iqtisodiy aloqalar davlatlaro komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi doirasida imzolanadi. Mazkur yig‘ilishda Fransiyaning tashqi savdo bo‘yicha davlat kotibi Matias Fekl rahbarligidagi delegatsiya ishtirok etadi.

Yig‘ilishda, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

XS
SM
MD
LG