Линклар

Moskvadagi “Levada sentr” markazi o‘tkizgan ijtimoiy so‘rov natijasida rossiyaliklarning asosiy qismi AQSh,Ukraina va Turkiyani dushman davlatlar deb bilishi aniqlandi.

So‘rov natijalariga qaraganda so‘ralganlar Rossiyaning yaqin do‘stlari qatorida Belarus, Qozog‘iston, Xitoy va Suriyani tilga olgan.

So‘ralganlarning 72 foizi AQShga dushmanlik nazari bilan qaraydi. Ukrainani dushman deb bilganlar soni esa 48 foizni tashkil qiladi.

So‘rovda qatnashganlardan 25 foizi Turkiyani ham dushman davlat qatoriga qo‘shgan. Bundan bir yil avvalgi so‘rovda esa Turkiyani dushman deb biladigan rossiyaliklar soni 1 foizni tashkil qilar edi.

XS
SM
MD
LG