Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:31

Germaniya va Fransiyada suv toshqinidan 10 odam o‘ldi


Fransiya va Germaniyada kuchli yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlaridan kamida 10 odam halok bo‘ldi, minglab odam uy-joyini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi.

Parijda hamon Sena daryosining suvi ko‘tarilishda davom etmoqda. Yuzaga kelgan vaziyat bois Luvr muzeyida favqulodda holat paydo bo‘lgan. Muzeyning yer osti omborlaridagi eksponatlarni boshqa joyga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. Parij va uning atrofidagi 24 ming uy elektrsiz qoldi. Prezident Fransua Olland vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarda favqulodda holat e’lon qildi.

Germaniya janubidagi bar qancha hududlar ham toshqindan zarar ko‘rdi, qurbonlar borligi xabar qilindi. Kantsler Angela Merkel halok bo‘lganlar oyilariga hamdardlik bildirdi.

XS
SM
MD
LG