Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:48

Koni zarar Amerika tarvuzi, Boni-M va millionlar, to‘yi buzilgan xonanda


Oliy Majlis deputati O‘zbekistonga keltirilayotgan Amerika tarvuzi zararli ekanini ma’lum qildi. “Boni-M” guruhining Toshkentdagi kontsertidan tushgan millionlarni o‘zlashtirgan shaxslar jazoga tortildi. Xonanda Munisa Rizaevaning to‘yi bo‘lajak kuyovning xiyonati tufayli buzildi.

Deputat: O‘zbekistonga olib kirilayotgan Amerika tarvuzi salomatlik uchun zararli

O‘zbekistonga xorijdan genetik modifikatsiyalangan organizmli (GMO) mahsulotlar olib kirilmoqda (“Hurriyat”, 1 iyun). “Masalan, amerikacha tarvuz o‘zi qip-qizil, po‘sti yupqa, lekin urug‘i deyarli yo‘q. Pomidor, bodring va bulg‘or qalampiri... Sun’iy chatishtirish yo‘li bilan olingan bunday mahsulotlar inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ular insonlarda allergik ta’sirchanlikni keltirib chiqarib, immun tizimi faoliyatiga ziyon yetkazadi” deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xo‘jaeva. Deputatga ko‘ra, O‘zbekiston qonunchiligiga GMO bor bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan olib kelishni cheklashga oid qo‘shimcha kiritilmoqda.

“Boni-M” guruhining Toshkentdagi konsertidan tushgan millionlarni o‘zlashtirgan shaxslar jazolandi

Joriy yil 27 yanvar kuni “Istiqlol” san’at saroyida Alisa Monn, Nataliya Gulkina, Tatyana Ivanova, “Kombinatsiya”, “Ottavan” va “Boni-M” kabi xorijiy guruh va ijrochilar ishtirokidagi kontsert dasturini tashkillashtirishda aldov va jinoyatga qo‘l urilgan (“Bozor va iste’molchi”, 31 may). Konsert tashkilotchisi bo‘lgan MChJ rahbarlari chipta savdosidan tushgan 38 million so‘mdan oshiq mablag‘ni o‘zlashtirgan. Boz ustiga, konsert dasturida yuqorida nomi zikr etilgan xonanda va guruhlardan faqat “Boni-M” ishtirok etgan. Tashkilotchilar litsenziyasiz faoliyat yuritib, boshqa konsertlardan tushgan daromadlarni ham yashirgani aniqlangan. Ularga tegishli jazo berilgani xabar qilingan.

Xonanda Munisa Rizaevaning to‘yi bo‘lajak kuyovning xiyonati tufayli buzildi

Xonanda Munisa Rizaevaning to‘yi bo‘lajak kuyovning xiyonati tufayli buzildi. Bu haqda xonandaning o‘zi “Darakchi” nashriga intervyusida ma’lum qilgan. “To‘y kunini o‘tgan yilgi konsertimdan keyinga rejalashtirgandik. Ammo sevgan insonim xiyonat tufayli to‘yimiz to‘xtatildi. Shundan keyin uch oy o‘zimga kelolmadim. Qalb jarohati bitishi qiyin ekan. Uni unutish uchun ko‘proq sayohatda yurishga harakat qildim... Hayotning turli zarbalariga chidash uchun insonning irodasi kuchli bo‘lishi kerak ekan” deydi M. Rizaeva.

XS
SM
MD
LG