Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:42

Soxtakor hokim o‘rinbosari, hamma kirolmaydigan xonalar


Romitan tumani hokim o‘rinbosari hujjatlarni qalbakilashtirib, mablag‘ o‘zlashtirdi. Oliy Majlis deputati hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarga hammaning kirish imkoniyati hanuz yo‘qligidan bahs etdi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

Nega “GM Uzbekistan” avtomobillariga kredit bor-u, shartnoma yo‘q?

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalar xaridi uchun “Xalq banki” kredit berishni e’lon qilgan, ammo amalda avtosalonlardan mashina uchun shartnoma olishning imkoni bo‘lmayapti (“Darakchi”, 2 iyun). “Nega aholiga qulaylik yaratish uchun vakolatli banklar imkoniyat beryapti-yu, avtosalonlarda bu yengillik amalga tatbiq etilmayapti? Yoki avtosalonlar uchun yurtimizda amalda bo‘lgan tartib-qoidalar taalluqli emasmi?” deya savol qo‘yadi gazeta. O‘tgan oyda “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi rahbari Tohirjon Jalilov va tizimdagi bir necha nafar mas’ul shaxs mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Gazeta mazkur tergovdan keyin mashinani kreditga xarid qilish masalasi ham hal bo‘lishiga umid bildiradi.

Romitan tumani hokimi o‘rinbosari va bir necha rahbar hujjatlarni qalbakilashtirib mablag‘ o‘zlashtirdi

Buxoro viloyati Romitan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Furqat Hakimov, tuman kadastr xizmati boshlig‘i Zohirbek Mavlonov, tuman bosh arxitektori Erkin Hodiev, “Xalq banki” sho‘’basi rahbari Ixtiyor Murodov mansab soxtakorligi, hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblandi (“Huquq”, 2 iyun). Fuqarolar Axtam Cho‘liev va Soliha Muzaffarovaga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari hududdagi avtomobilь yo‘li kengaytirilishi munosabati bilan buzilishi ko‘zda tutilgan edi. Tuman hokimi o‘rinbosari boshchiligidagi jinoiy guruh hujjatlarni soxtalashtirib, ikki shaxobcha uchun Respublika yo‘l jamg‘armasidan 260 million so‘mdan oshiq kompensatsiya olgan hamda uni o‘zlashtirgan. Shaxobchalar asl egalarining esa bundan xabari ham bo‘lmagan. “Qonunning ko‘zi o‘tkir, so‘zi keskir. Ushbu jinoiy guruh a’zolari ham qonun oldida javob berdi” deb yozadi Buxoro viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i B.Yarashev.

Ko‘p davlat tashkilotlarida hamma kirishi zarur bo‘lgan xonalarga hammaning kirish imkoni yo‘q

Ayrim hollarda fuqarolarga davlat tashkilotiga ma’lum axborotni so‘rab murojaat etsa, mas’ul shaxs bu ochiq ma’lumot emas, deya noto‘g‘ri javob bermoqda (“Oila davrasida”, 2 iyun). Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev Toshkentda o‘tkazilgan seminarda gapirgan. “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirishi kerak. Lekin, tan olaylik, ko‘p davlat tashkilotlarida bunday xonalar nomigagina tashkil etilgan, oddiy aholi u erga – bino ichkarisiga kirib borishi uchun kamida ikki postdan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Demak, hamma kirishi bo‘lgan bo‘lgan xonalar va joylarga hammaning kirish imkoniyati hanuz yo‘q”, degan deputat R.Kusherbaev.

XS
SM
MD
LG