Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:49

Toshkentda anhorga cho‘kib o‘lgan o‘quvchining jasadi qidirilmoqda


Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi yonidagi Bo‘zsuv anhorida poytaxt kollejlaridan birining o‘quvchisi 17 yashar o‘smir cho‘kib o‘ldi.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, voqea 3 kun avval sodir bo‘lgan va g‘avvoslar hanuz o‘smirning jasadini anhordan topa olmayapti.

“Uch kun mobaynida g‘avvoslar voqea sodir bo‘lgan joydan bir kilometrgacha masofada anhorning tubi va qirg‘oqlarini tekshirib chiqishdi, ammo jasad haligacha topilgani yo‘q. G‘avvoslar ishini suvning to‘laligi va tezoqar ekani qiyinlashtirmoqda”, deb yozdi nashr o‘z manbalariga tayangan holda.

Guvohlarga ko‘ra, o‘quvchi suvga cho‘kkan payti uning yonida besh nafar do‘sti bo‘lgan, lekin ular sherigining cho‘kkanini ko‘rib, voqea joyida qochib ketishgan.

Suvga cho‘kkan o‘smirning qirg‘oqda qolgan kiyimlarini o‘tkinchi yo‘lovchilardan biri topib olgach, voqea boshqalarga ma’lum bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG