Линклар

logo-print

Donbassdagi to‘qnashuvlar natijasida 2014 yil aprelidan to shu kunga qadar 9 ming 371 odam halok bo‘ldi va 21 ming 523 kishi jarohatlandi.

Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi rasmiysi ma’ruzasida aytiladi.

Bugun Kievdagi matbuot anjumanida so‘zlagan BMTning inson huquqlari bo‘yicha bosh kotib yordamchisi Ivan Shimonovich to‘qnashuvlar oqibatida ko‘plab odam bedarak ketgani haqida ham gapirgan.

Shimonovich hisob-kitobicha, joriy yil apreliga qadar Donetsk va Lugansk viloyatlarida o‘g‘irlangan odamlar bo‘yicha qariyb 4 ming jinoiy ish ochilgan.

XS
SM
MD
LG