Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:50

Qiz bola bo‘lish orzusida yurgan qoraqalpog‘istonlik Erbo‘lat iqrori


Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida yashovchi 22 yoshli Erbo‘lat O‘zbekistonda o‘zi mansub bo‘lgan jinsiy ozchilik vakillariga nisbatan toqatsizlik va kamsitishlar tufayli uzoq mamlakatlarga qochib ketish va jinsini o‘zgartirish niyatida ekanini aytdi.

Nukus shahridagi shifoxonalarning birida massajchi bo‘lib ishlovchi Erbo‘lat Ozodlik bilan suhbatda erkak bo‘lib tug‘ilganidan afsusda ekanini ta’kidlaydi.

–Eng ohirgi tanlovim jinsimni o‘zgartirish. Hamma narsadan charchab ketdim. Bu yog‘iga chiday olmayman, - deydi Erbo‘lat Ozodlik bilan suhbatda.

O‘zbekistonda odam jinsini o‘zgartirish amaliyotiga qonunan izn berilmaydi.

Ikki yil avval toshkentlik 25 yoshli yigit Vatanida o‘z muammosini hal qilish imkoni yo‘qligi sabab Qirg‘izistonga borib jinsini o‘zgartirgan edi.

Qirg‘izistonlik shifokorlar o‘shanda odam jinsini o‘zgartirish bo‘yicha Markaziy Osiyo tarixida ilk jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgan edi.

- Qaniydi menga ham xorijda operatsiyaga yordam beradigan odam topilsa, - deydi Erbo‘lat.

“Geysan” degan tavqi lan’at ostida

Erbo‘lat gey bo‘lgani uchun yoshligidan kamsitish, mazax qilish va xo‘rliklarga duch kelgani va xozir ham jinsiy orientatsiyasi sabab muqim ish topolmayotganini aytadi.

– Hammasi besh-olti yoshlarimdan boshlandi. Ayollarni kiyimlariga havas qilar edim. Keyin maktabga bordim. Hamma ustimdan kular edi, mazax qilar edi. Kollejda ham shunday kamsitishlarga duch keldim. Erkaklar men bilan do‘st bo‘lishni istamasdi. Qizlarga esa meni ko‘nglim yo‘q. Kollejni tugatib ikki yil ishsiz o‘tirdim. Bir hafta ishlayman, xaraktering to‘g‘ri kelmaydi, deb bo‘shativorishadi. Hozir klinikada soatbay massajchi bo‘lib ishlayapman, - deydi Erbo‘lat.

O‘zbekistonda gey va lesbiyanlarga nafrat bilan qarash hali ham kuchli, jinsiy orientatsiyasi sabab ularning muntazam kamsitilishi odatiy xoldir.

Bundan tashqari ushbu mamlakatda gomoseksualizm jinoyat darajasiga ko‘tarilgan.

Erbo‘lat esa yonida doimiy erkak hushtori bo‘lishini istaydi. O‘zbekistondek davlatda esa bu imkonsiz.

- Bizni mamlakatda 15 foiz odam meni ahvolimni tushunadi, qolgani toqatsiz. Meni o‘zimga “odam bo‘lmaysan sen” deb aytib ketganlar ham bo‘ldi. Hozir endi ohirgi chora jinsimni o‘zgartirish bo‘lyapti, - deydi Erbo‘lat.

Gomoseksualizm o‘zbeklar uchun jirkanch"

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksida "besoqolbozlik" sifatida tasniflangan gomoseksualizm o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyat sanaladi va gomoseksualizm bilan shug‘ullangan fuqarolar 3 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishlari mumkin.

O‘zbekistonda gomoseksualistlar jamoat nafratidan qo‘rqqani bois¸ o‘z jinsiy orientatsiyalarini ochiq ayta olishmaydi.

- Yevropada yashashni xohlardim. O‘zbekistonni yomon ko‘rmayman, lekin Yevropada meni kamchiliklarimni to‘g‘ri qabul qiladigan insonlar bordir, deb o‘ylayapman-da. Bizni mamlakatimizda yoki boshqa qo‘shni davlatlarda gomoseksualizm qoralanadi. Lekin, bunday qarasa gomoseksualist odamlardan ko‘ra boshqalarni qo‘lidan ko‘p jinoyatlar qilinyaptiku. Gomoseksualistlarni butunlay qoralab tashlash noto‘g‘ri, -deydi Erbo‘lat.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘z chiqishlaridan birida “gomoseksualizm o‘zbeklar uchun jirkanch” deb ta’kidlagan edi.

Erbo‘lotni o‘zi ham gomoseksualizm o‘zbeklar zehniyatiga yot ekani va gey bo‘lishlikni boshqalarga ravo ko‘rmasiligini aytadi.

- Mentalitet, dinimiz yo‘l qo‘ymaydi. Musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi. Nasroniy dinida ham bu qoralanadi. Hech kimga buni ravo ko‘rmayman, hech kimni bolasi yoki qizi gomoseksualizmga qiziqmasin, - deydi Erbo‘lat.

Қиз бола бўлишни истаган Эрбўлат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:37 0:00
Бевосита линк

Erkak bo‘lish orzusida yurgan Nodira

Bundan avval Ozodlik erkakka aylanish orzusida yurgan Nodira ismli ayol bilan suhbatlashgan edi.

Suhbatdosh o‘z ichida erkak bo‘lish istagi¸ erkakka aylanish orzusi borligini aniq tiniq anglab yetganida o‘ttiz ëshga borib qolgan edi

O‘rta maktabni tugatgach Nodira o‘qishni davom ettirmadi. 19 yoshida uni erga berishdi. Uch yil o‘tib, ajrashganini aytgan Nodira, uch yillik turmushi azob va uqubatdan iborat bo‘lganini aytdi.

-Tushlarimda ayol bilan jinsiy aloqa qilib chiqaman. Lekin o‘ngimda bunday ishni qilgan emasman. Lekin qizlarni sevaman. Bittasini hayolimda sevib yurgan edim¸ erga tegib ketdi. O‘zbek san’atkorlaridan Dilnoza Qubaevani haëlan sevaman. Lekin ularni ichimda sevib¸ tushimda seks qilib yuraveraman. Ularga yurak yutib seni sevaman¸ birga yashaylik deya olmayman. Qanday aytaman¸ men aël kishi bo‘lsam. Shuning uchun ham jinsimni jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan almashtirib bitta go‘zal qizga uylanib olmoqchiman¸ shunga yordam beringlar, degan edi Nodira.

Эркак бўлишни орзу қилаётган андижонлик Нодира
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:06 0:00
Бевосита линк

Vikipediyaga ko‘ra, jinsni o‘zgartirish bo‘yicha dunyodagi eng birinchi amaliyot 1931 yili o‘tkazilgan.

Shunisi qiziqki, jinsni o‘zgartirish amaliyotlari Eronda keng yoyilgan. Jinsni o‘zgartirish amaliyotlariga Eron Islom respublikasi rahbari Oyatulloh Xomeyniy 1980 yili maxsus farmon bilan ruxsat bergan.

Mazkur amaliyot narxi 10 ming dollardan 40 ming dollargachadir.

Shifokorlar erkakni qizga aylantirishdan ko‘ra qizni erkakka aylantirish amaliyoti qiyin kechishini aytishadi.

XS
SM
MD
LG