Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:33

17 yil qamoqda saqlangan yozuvchi O‘zbekistondan chiqib ketmoqchi


“Mamadali MAHMUDOV: “O‘zbekistonni tark etmasam menga tinchlik berishmaydi, xotirjam yashashga yo‘l qo‘yishmaydi degan to‘xtamga keldim....” Shu sarlavha ostidagi batafsil xabar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Ozodlik muxbiri adib bilan bog‘lanib, undan bunday keskin qarorga kelishi sabablarini so‘radi.

Мамадали Маҳмудов Ўзбекистондан чиқиб кетмоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:14 0:00
Бевосита линк

Evril Turon adabiy taxallusi bilan mashhur, yoshi 75 ga chiqqan Mamadali Mahmudov 1999 yilda Toshkentda yuz bergan portlashlarga aloqadorlikda ayblanib, 14 yillik qamoq jazosiga hukm etilgandi.

Sovet davrida "O‘lmas qoyalar" nomli romani bilan tanilgan adib mustaqillik yillarida muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasi va uning rahbari Muhammad Solih bilan aloqalari uchun 14 yilga ozodlikdan mahrum etilguniga qadar ham ikki marta qamoqqa tashlangan.

Mamadali Mahmudov qamoqda 17 yil saqlangach, 2013 yilning aprelida ozodlikka chiqarilgan.

Qarorgohi Londonda joylashgan E’tiqod erkinligi uchun kurash olib boruvchi "Senzura indeksi" xalqaro tashkiloti joriy yil fevralida Mamadali Mahmudov nomzodini 2016 yilgi mukofotiga ilgari surgan edi.

Xalqaro tashkilotning "E’tiqod erkinligi" mukofoti so‘z erkinligi bo‘g‘ilgan mamlakatlarda faoliyat qilayotgan jurnalist, yozuvchi, shoir, rassomlarga beriladi.

XS
SM
MD
LG