Линклар

logo-print

Yaponiyada qutqaruvchilar bir hafta avval o‘rmonda yo‘qolib qolgan 7 yashar Yamatoni topishdi.

Bolakayning ota-onasi uning yo‘qolgani haqida 29 may kuni politsiyaga xabar qilishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bolaning ota-onasi uning yomon hulqi uchun jazolash maqsadida uni o‘rmon ichida yolg‘iz qoldirib ketishgan va qaytib kelishgan payti bolani topa olishmagan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, bolakay yo‘qolgan joyidan to‘rt kilometr uzoqdagi harbiy baza yonidan topilgan.

Yamatoning ota-onasi dastlab politsiyani "o‘g‘limiz adashib qoldi" deb aldashgan, keyinchalik uni jazolash maqsadida yolg‘iz tashlab ketishganini tan olishgan.

XS
SM
MD
LG